Taqiqlanadi
- ChatGPT, Gemini va boshqa sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanish;
- internetda qidirish, boshqa odamdan yordam olish, javob almashish;
- masalalarni suratga olib tarqatish (har bir sahifada ishtirokchi ID si yashirin belgilangan).
Imtihon paytida
- Vaqt siz boshlagan paytdan hisoblanadi, lekin mock tugash vaqtidan oshmaydi.
- Savollar orasida erkin oʻtishingiz mumkin. Har bir javob darhol saqlanadi.
- Faqat bitta qurilmada ishlang — boshqa qurilmadan kirish qayd qilinadi.
- Telefonni «Bezovta qilmang» rejimiga qoʻying: qoʻngʻiroq yoki boshqa ilovaga oʻtish ham sahifadan chiqish hisoblanadi.
- Internet uzilsa, javoblaringiz telefonda saqlanadi va ulanish tiklanishi bilan yuboriladi.
- Toʻliq ekran rejimi va sahifadan chiqishlar chegarasi — har bir mock sahifasida koʻrsatiladi.
Baholash
- Mock natijasi Rasch modeli bilan baholanadi: algebra va geometriya savollari alohida hisoblanadi, ballari qoʻshiladi (algebra — 2/3, geometriya — 1/3 ulush).
- Darajalar jami ball boʻyicha: A+ ≥ 70, A ≥ 65, B+ ≥ 60, B ≥ 55, C+ ≥ 50, C ≥ 46.
- Reyting jami ball boʻyicha; ball teng boʻlsa — qiyinroq savollarni yechgan, u ham teng boʻlsa — tezroq ishlagan yuqorida.
- Gʻoliblarga QR raqamli sertifikat beriladi, 1–3-oʻrinlarga — diplom.
- Natija taxminiy — rasmiy BBA natijasi emas.
C≥ 46
C+≥ 50
B≥ 55
B+≥ 60
A≥ 65
A+≥ 70
Nazorat tizimi
- Sahifadan chiqish, boshqa qurilmadan kirish va nusxalash urinishlari qayd qilinadi.
- Javoblar statistik tahlil qilinadi: bir xil xatolar, gʻayritabiiy tez javoblar va boshqalar.
- Ayrim mock imtihonlarda gʻoliblar qisqa tekshiruv suhbatidan oʻtadi.
Qoidabuzarlik
Qoidabuzarlik aniqlansa natija bekor qilinadi. Takroriy holatda akkaunt bloklanadi.